Osiyo o‘q otish konfederatsiyasida o‘zbekistonlik mutaxassis ish boshladi

Sport

image

Oybek Norinboyev Osiyo o‘q otish konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zosiga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 2 sentyabr kuni Quvaytda Osiyo o‘q otish konfederatsiyasi (OO‘OK)ning navbatdagi Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tgan. Tashkilot shtab-kvartirasida o‘tgan tadbirda Konfederatsiyaning so‘nggi 4 yillikdagi faoliyati sarhisob qilinib, keyingi davr uchun rahbariyat tarkibi qayta shakllantirib olingan.

Unga ko‘ra, tashkilotning amaldagi rahbari Shayx Salmon Al Sabah yana 4 yil muddatga Osiyo o‘q otish konfederatsiyasi prezidenti, Deyj Al Otaybi esa Bosh kotib lavozimiga qayta saylangan. Ahamiyatlisi, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisi Oybek Norinboyev ham OO‘OKning Ijroiya qo‘mitasi tarkibiga a’zo bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Oybek Norinboyev 2019 yilning iyul oyidan buyon federatsiya raisi lavozimida ishlab kelmoqda. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Oybek Norinboev OO'OK

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing