Osiyo terma jamoalarining JCH-2026 ga chiqish imkoniyati yangilandi
Sport
−
11 Sentabr
28432O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 75.9 foizgacha oshdi. Bu haqda “We Global Football” portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Qirg‘iziston ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Srechko Katanets shogirdlarining mundialga chiqish imkoniyati 70.3 foizdan 75.9 gacha ko‘tarildi. “A” guruhida hamon mundialga chiqish uchun asosiy favorit sifatida Eron e’tirof etilmoqda. Forslarning Amerika mundialiga chiqish imkoniyati 96 foizni tashkil etmoqda.
Eron mundial saralashining 2-turida safarda BAAni kichik hisobda mag‘lub etdi. Birinchi turda esa eronliklar o‘z uyida Qirg‘izistonni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Eron termalari JCH saralashi 3-bosqichining 3-turida to‘qnash keladi. O‘yin 10 oktyabr kuni Toshkentda o‘tkaziladi.
LiveBarchasi