Osiyo Olimpiya kengashi Bosh direktori O‘zbekistonga keldi
Sport
−
02 Oktabr
3938Bugun, 2 oktyabr kuni Osiyo Olimpiya kengashi Bosh direktori, Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasi (World aquatics) prezidenti Husayn Al Musallam Toshkentga keldi. Martabali mehmon safari davomida Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik bilan batafsil tanishib chiqdi.
Xususan, kunning birinchi yarmida Al Musallam poytaxtda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida bo‘lib, qurilish ishlarining bugungi holatini o‘rgandi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida tashkiliy ishlar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Yig‘ilishda Toshkent-2025 direksiyasi xodimlari O‘yinlarga tayyorgarlik yuzasidan taqdimotni namoyish qildi.
Uchrashuvda olib borilayotgan katta hajmdagi hozirlik, o‘yinlar dasturiga kiritiladigan sport turlari va ular o‘tkaziladigan ob’ektlar, delegatsiyalarning taxminiy soni, transport-logistika masalasi va shu kabi tashkiliy mavzular haqida atroflicha ma’lumot berildi. O‘z o‘rnida, Husayn Al Musallam taqdimot yuzasidan fikr bildirar ekan, anti-doping, viza va aviaqatnovlar to‘g‘risida ham to‘xtalib, ushbu yo‘nalishlarni ham batafsil o‘rganish kerakligi yuzasidan fikr bildirdi.
Uchrashuv yakunida martabali mehmon o‘yinlarga tayyorgarlik bo‘yicha o‘zining iliq fikrlarini bildirdi. Shuningdek, u barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imkoniyatlarini yana bir karra namoyon etishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga kelgani xabar qilingandi.
Grassaning O‘zbekistonga safari davomida respublikada voleybol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada ommalashtirish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish, O‘zbekistonda voleybol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalari muhokama qildi.
LiveBarchasi