Osiyo kubogi-2023: O‘zbekiston turnirdagi dastlabki g‘alabasiga erishdi

Sport

image

Bugun, 18 yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogining B guruhida 2-tur doirasida O‘zbekiston-Hindiston bahsi bo‘lib o‘tdi. O‘yin o‘zbekistonlik futbolchilarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi barcha gollar 1-bo‘limda kiritildi. “Oq bo‘rilar” safida gollarga Abbosbek Fayzullayev, Igor Segeyev va Sherzod Nasrullayev mualliflik qildi. Shunday qilib Srechko Katanets shogirdlari musobaqadagi dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

2-turdan so‘ng, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z guruhida 4 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Ikki turda ham g‘alabaga erishgan Avstraliya terma jamoasi 6 ochko jamg‘arib guruhda peshqadamlik qilmoqda. Keyingi turda O‘zbekiston milliy terma jamoasi aynan Avstraliyaga qarshi guruh g‘olibligi uchun bahs olib boradi.

O‘zbekiston-Avstraliya o‘yini 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Hindiston Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing