Osiyo kubogi-2023: Bugun O‘zbekiston Tailand bilan o‘ynaydi
Sport
−
30 yanvar
9494Bugun, 30 yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogining nimchorak final o‘yinlari davom ettiriladi. Mazkur bosqichda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailandga qarshi maydonga tushadi.
Srechko Katanets shogirdlari o‘yinda oq, darvozabon esa qora rangli libosda harakatlanadi. Tailandlik futbolchilar esa ko‘k rangli libosda maydonga tushadi.
O‘zbekiston-Tailand uchrashuvi g‘olibi chorak finalda mezbon Qatar bilan kuch sinashadi. Kecha, 29 yanvar kuni Qatar Falastinni mag‘lubiyatga uchratib, 1/4 final masalasini hal qildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Tailand o‘yini soat 16:30 da start oladi. Bahsga Doha shahridagi “Al-Janub” stadioni mezbonlik qiladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15