Osiyo G‘arbga qaramligini tobora kamaytirmoqda – “Bloomberg”
Olam
−
27 iyun
8659Osiyo mamlakatlarining G‘arbga nisbatan qaramligi tobora kamayib bormoqda va o‘z iqtisodiy manfaatlarini Xitoy yoki Rossiya bilan bog‘lamoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Nashr bunday teskari va yangi o‘zgarishlarga misol sifatida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning o‘z mamlakatining BRICS'ga qo‘shilish istagi haqidagi so‘nggi bayonotini keltiradi. Qayd etilishicha, ushbu tashkilot G‘arb yetakchiligidagi institutlar, jumladan, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasiga muqobil bo‘lib, 1990 yillardagi Osiyo moliyaviy inqirozi davrida mintaqadagi ayrim mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan keskin choralari bilan mashhur bo‘lgan.
“Bloomberg” BRICS'ning kengayishi G7 davlatlariga qarshi og‘irlikni kuchaytirishini yozgan. Ta’kidlanishicha, ushbu guruh a’zolari xalqaro maydonda AQSH gegemonligiga qarshi turadi va a’zolar sonini ko‘paytirish orqali G7’ga yanada muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
Ma’lumot uchun, BRICS guruhi 2006 yilda tashkil etilgan. 2011 yilda Janubiy Afrika Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoydan iborat bo‘lgan ushbu guruhning dastlabki tarkibiga qo‘shilgan. Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya 2024 yil 1 yanvardan boshlab BRICS'ga to‘laqonli a’zo bo‘ldi. Joriy yil 6 iyun kuni Rossiyaning Xitoydagi elchisi Igor Morgulov dunyoning 30 ga yaqin davlati guruhga qo‘shilish istagini bildirganini aytdi.
LiveBarchasi