Osiyo chempionatini “portlatamiz” – Jaloliddin Masharipov
Sport
−
02 may 2023 12579 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Saudiyaning “Al-Nasr” klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Instagram sahifasidagi jonli efirida kelgusi yil yanvarda Qatarda o‘tkaziladigan Osiyo kubogi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Hozirda terma jamoamiz juda yaxshi holatda. Bu tarkib bilan kelgusi yil Osiyo chempionatida zo‘r natija qilamiz, deb o‘ylayapman, chunki terma anchadan beri hozirgi ko‘rinishga kelolmayotgandi. Osiyo chempionatini “portlatamiz”. O‘z vaqtida Abramov davrida Odil Ahmedov va boshqa futbolchilar Qatardagi Osiyo kubogida yaxshi natijalar qayd etgandi, bu safar endi biz yaxshi natija ko‘rsatamiz”, deydi Masharipov.
Ma’lumot uchun, Masharipov 2021 yildan buyon “Al-Nasr”da to‘p tepib kelmoqda. Joriy mavsum u Saudiya Arabistoni chempionatida 13 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.