“Osiyo bolalari”: o‘zbekistonlik dzyudochi va kurashchilar 10 ta oltin medalni yutdi
Sport
−
02 avgust 2022
2494Xabaringiz bor, Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari” sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 2 avgust kuni dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bahslarga kirishdi. Qayd etish kerakki, dzyudo bahslari ham O‘zbekiston delegatsiyasi uchun omadli bo‘ldi va 5 ta oltin medal qo‘lga kiritildi.
Dzyudo bahslarida oltin medallarni yutgan o‘zbekistonlik sportchilar:
Laziza Haydarova (-40 kg),
Farangiz Omonova (-44 kg),
Asadbek Misirov (-46 kg),
Abdulazizxon Sharofiddinov (-50 kg),
G‘iyos Rajabov (-55 kg).
Shuningdek “Osiyo bolalari” sport o‘yinlarining beshinchi kunida o‘zbekistonlik erkin kurashchilar ham gilamga chiqishdi. Yosh o‘zbek kurashchilari bahslar yakuniga ko‘ra, 5 ta oltin va 1 ta bronza medalining sohibiga aylandi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan kurashchilar:
oltin:
Shohruh Yoqubov (-38 kg),
Ulug‘bek Rashidov (-44 kg),
Sanjarbek Anvarbekov (-52 kg),
Doniyor Ibragimov (-62 kg),
Umar Mo‘ydinov (-68kg).
bronza:
Farrux Jumanazarov (-57 kg).
Avvalroq, o‘zbekistonlik ayol erkin kurashchilar “Osiyo bolalari” sport o‘yinlarida 6 ta medalni yutgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
LiveBarchasi