“Osiyo bolalari”: o‘zbekistonlik kurashchi qizlar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
01 avgust 2022
4682Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari” sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 1 avgust kuni o‘zbekistonlik ayol kurashchilar bahslarga kirishdi va O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga 6 ta medalni qo‘shib qo‘ydi.
Qayd etish kerak, Shohista Shonazarova (33 kg), Mashhura Abdusamatova (39 kg) va Muhayyo Rahimjonova (62 kg) oltin medal sohibiga aylandi. Husniobod Sultonnazirova (50 kg), Asaloy Amangeldiyeva (66 kg) kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Bahora Jumaqulova (54 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, “Osiyo bolalari” sport o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 10 ta oltin, 12 ta kumush va 17 ta bronza medali bor.
LiveBarchasi