Ortiqxo‘jayev koronavirusga qarshi emlandi. Toshkent hokimi qaysi vaksinani tanladi?

Jamiyat

image

Bugun, 17 iyul kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zbek-xitoy vaksinasining ikkinchi dozasi bilan emlandi. Bu haqda  Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Bugun O‘zbek-Xitoy vaksinasining ikkinchi bosqichini qabul qildim. O‘ylaymanki, bu yurtimizda tarqalayotgan koronavirusni oldini olishga juda katta yordam beradi. Yordam bermagan taqdirda ham shifoxonada yotgan insonlarni ko‘ryapmiz, xalq bilan muloqot qilyapmiz, ko‘ryapmizki, vaksina olganlarda kasallik yengil o‘tyapti”, deydi Ortiqxo‘jayev. 

Avvalroq, Jaxongir Ortiqxo‘jayev Chilonzor tumanida joylashgan “Atlas” savdo markazida tashkil etilgan kovid markaziga borgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda bugungacha 5 million 521 ming 20 doza vaksina qo‘llanildi. Mamlakatda ikki va uch bosqichli vaksinani to‘liq olganlar 997 ming 34 nafarni tashkil etmoqda. Jami emlanish holatlari bo‘yicha respublikada Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari yetakchilik qilmoqda. 

Ayni vaqtda O‘zbekistonda uch turdagi – AstraZeneca (CovieShield), “Sputnik V” hamda o‘zbek-xitoy vaksinalaridan foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

776

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing