Ortiqxo‘jayev qarori bilan Toshkent viloyatidagi ayrim qabristonlar poytaxtga o‘tdi
Jamiyat
−
19 dekabr 2021
7883O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil avgust oyidagi qaroriga asosan, Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralari o‘zgartirilgandi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimi viloyatdagi ayrim qabristonlar poytaxtga o‘tkazilgani to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tashkiliy tuzilmasidagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tasarrufiga olinayotgan qabristonlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorda 2022 yil Toshkent shahar mahalliy byudjeti parametrida poytaxtga o‘tkazilgan qabristonlarni saqlash xarajatlari ko‘zda tutilishi belgilandi.
LiveBarchasi