Orbanning oilasi tahdidga uchramoqda
Olam
−
11 mart 2363 1 daqiqa
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban oilasiga nisbatan tahdidlar bo‘layotganini aytdi va bunda Ukrainani aybladi. Bu haqda u bugun, 11 mart kuni o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Ukrainaliklar allaqachon oilamga, farzandlarim va nabiralarimga tahdid qilishmoqda. Hammasi yaxshi, lekin hamma narsaning ham o‘z chegarasi bor!” deydi vengriyalik siyosatchi.
Qayd etish joiz, bungacha Vladimir Zelenskiy agar Viktor Orban 90 milliard yevrolik kreditni bloklasa, uning manzilini Ukraina Qurolli kuchlari jangchilariga berib yuborish bilan tahdid qilgan. Keyinchalik Viktor Orban Vengriya Ukraina bilan murosaga bormasligini va Rossiyadan keladigan “Drujba” quvuri orqali neft tranzitini tiklashga kuch bilan erishishini ta’kidlagan.
Shuningdek, Orban Zelenskiyga “Drujba” neft quvuri faoliyatini tiklash talabi bilan ochiq xat yozgan. Keyinroq u Zelenskiyning ushbu quvurga nisbatan harakatlarini tovlamachilik deb atagan.
Shuningdek, siyosatchilar bir-birlarining shaniga bir necha bor bayonotlar berganini qayd etish lozim. Xususan, Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Vladimir Putin va Viktor Orban haqida keskin fikrlar bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya hukumati 82 million dollarga yaqin naqd pul va oltin olib ketilayotgan ikki zirhli avtomobilni to‘xtatib, yetti nafar Ukraina fuqarosini qo‘lga olgandi. Budapesht ularni pul yuvishda gumon qilmoqda. Voqea Vengriya va Ukraina o‘rtasidagi siyosiy ziddiyatni yanada kuchaytirdi.
Live
Barchasi