Orban Ukrainaning NATOga qo‘shilishini rad etib, Putin bilan “kelishuvga” chaqirdi

Olam

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban G‘arb Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina uchun yangi xavfsizlik arxitekturasi bo‘yicha “kelishuv” qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda u “Fox News” telekanalining sobiq boshlovchisi Taker Karlsonga bergan intervyusida so‘z ochdi.

G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini buzish harakatlari tufayli tanqidga uchragan Vengriya rahbari Moskva qo‘shinlarining soni ko‘pligi sababli Ukraina urushda mag‘lub bo‘lishini aytgan.
     
Orbanning aytishicha, 2014 yilda anneksiya qilgan Qrimning Ukrainaga qaytarilishi “butunlay real emas”. Shuningdek, u tinchlik uchun eng yaxshi imkoniyat AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning hokimiyatga qaytishi va Ukrainaga harbiy yordamini to‘xtatishi bo‘lishini ta’kidlagan.

Orbanning intervyusi e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, Ukraina Bosh vazirning chiqishlariga munosabat bildirdi.

“Biz Vengriya haqida bilmaymiz, lekin Ukraina o‘z hududlari yoki suvereniteti bilan savdo qilmaydi”, deb yozgan Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oleg Nikolenko Facebook'dagi postida.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Putin Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made