Orban Ukrainaga YeIning yangi mablag‘lari ajratilishiga qarshi chiqdi

Olam

image

Vengriya hali ham Yevrokomissiyaning Ukrainaga yangi moliyaviy yordam ajratish rejalariga qarshi chiqmoqda. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.

“Bizga bir narsa ayon: biz vengerlar avvalgi 70 milliard yevro nimaga ketganini aytishmagunicha Ukrainaga ko‘proq pul bermaymiz”, deydi Orban.

Ma’lumot uchun, 29 iyun kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqining ikki kunlik sammiti boshlangan. Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, YeI mamlakatlari yetakchilari Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatishda davom etishga tayyor ekanligiga yana bir bor ishontirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vengriya Yevropa tinchlik jamg‘armasidan Ukrainaga 500 million yevrolik harbiy yordam ajratilishiga to‘sqinlik qilgandi. Budapesht Vengriyaning eng yirik banki OTP Ukrainaning "xalqaro urush homiylari" ro‘yxatidan chiqarilmaguncha bunga rozi bo‘lishdan bosh tortishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Vengriya Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing