Orban Tramp bilan uchrashdi

Olam

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban kecha, 9 dekabr kuni AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp va milliarder Ilon Mask bilan uchrashdi. Bu haqda “The Hill” xabar berdi.

Tramp Orbanni Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida kutib olgan. Mazkur uchrashuvda AQSHning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Vals va Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ham ishtirok etgan.

“Donal’d Tramp va Ilon Mask bilan Mar-a-Lagoda bir kun”, deb yozgan Orban o‘zining Facebook  ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Trampning Floridadagi saroyiga Mask kichik o‘g‘li bilan tashrif buyurgan. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, bu yil Orban va Tramp Mar-a-Lago qarorgohida uchinchi marta uchrashdi. Vengriya Bosh vaziri AQSHdagi saylovoldi kampaniyasida respublikachi nomzodni ochiq qo‘llab-quvvatlagan va uning Oq uyga qaytishiga umid qilishini yashirmagan.

Prezidentlik saylovlaridan so‘ng darhol Orban dunyo yetakchilari orasida birinchilardan bo‘lib Trampni g‘alabasi bilan tabriklab, bu barcha davlatlar uchun yaxshi bo‘lishini ta’kidlagan.

Shuningdek, Vengriya Ukrainadagi mojaroni hal etishda Trampdan umid qilmoqda. Tramp 20 yanvardan o‘z lavozimini egallashi bilan bu muammoni hal qilishni va’da bergan.

Orbanning ta’kidlashicha, agar Tramp ikkinchi muddatda AQSH rahbari bo‘lib qolganida, u Ukraina inqirozining oldini olgan bo‘lardi. Bundan tashqari, Budapesht ham demokrat Jo Bayden ma’muriyati davrida sezilarli darajada yomonlashgan Vashington bilan munosabatlarni yaxshilashga umid bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 dekabr kuni Parijda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron hamda AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. 

Mohinur Karimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tramp Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing