Orban Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi 

Olam

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda "Meduza" xabar qildi

Nashrning yozishicha, Orban bu bilan Putinni "xursand qilgan" yagona Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat yetakchisiga aylandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Vengriya Bosh vaziri Putinga maktub yo‘llab, uni Rossiya Prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan muborakbod etgan. Shuningdek, u Vengriya doimo tinchlik tarafdori ekanini qo‘shimcha qilgan.

“Ishonchimiz komilki, muloqotni davom ettirish tinchlikka tezroq erishish uchun zarur shartdir. Vengriya xalqaro huquq bilan cheklanmagan sohalarda Rossiya bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor”, deyilgan maktubda.

Ushbu maktubga qadar, Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Putinga qarata: “Muxolifat yo‘q. Erkinlik yo‘q. Boshqa tanlov ham yo‘q”, deya kinoyali post joylagandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vladimir Putinga saylovchilarning 87,28 foizi, ya’ni 76 million 277 ming 708 nafari ovoz bergani ma’lum bo‘lgandi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Putin tabrik saylov Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing