Orban Moskvaga bordi (video)

Olam

image

Bugun, 5 iyul kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Moskva shahriga bordi. Bu haqda Vengriya Bosh vazirining matbuot kotibi Bertalan Xavashi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Viktor Orban Moskvada Putin bilan uchrashib, muzokaralarni boshlab yuborgan.

Putin Orbandan Vengriya va Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyasi bilan tanishtirishni aytdi. Shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha Moskva takliflari tafsilotlari bilan tanishishini so‘radi.

Orban esa Putin bilan hozirgi uchrashuv muhim ekanligi va Vengriya tez orada Yevropada ham Rossiya, ham Ukraina bilan muloqot olib borishga qodir yagona davlatga aylanishini ta’kidlagan.

Rossiya Davlat Dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Svetlana Jurova Orbanning Moskvaga tashrifini tushuntirar ekan, Vengriya rahbarining harakatlarini yaxshi signal deb baholagan.

“Menimcha, Orban hamma narsani to‘g‘ri qildi. Biriga keldi, fikrini eshitdi. Endi boshqasiga keldi. Umid qilamanki, bularning barchasi Yevropa platformalarida e’lon qilinadi. Orban Zelenskiyni emas, yevropalik va amerikalik siyosatchilarni ishontirishi kerak. Orbanning tashrifi, albatta, yaxshi signaldir”, degan Jurova.

Oldinroq Bertalan Xavashi Orban  Putin bilan Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishini ma’lum qilgandi.

Vengriya 2024 yilning 1 iyulidan 31 dekabrigacha Yevropa Ittifoqiga raislik qiladi. BBC'ning qayd etishicha, Orban 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan keyin Kreml bilan yaqin aloqalarni saqlab qolgan yagona blok milliy hukumati rahbaridir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Orban Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazish uchun Kiyevga borgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Putin Viktor Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing