Orban Xitoydan Vashingtonga boradi

Olam

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Pekinga safari ortidan darhol Vashingtonga tashrif buyurishini e’lon qildi. Bu haqda Instagram’dagi sahifasida yozdi.

“Keyingi to‘xtash: Vashington”, degan Bosh vazir.

Viktor Orbanning 9-11 iyul kunlari Vashingtondagi NATO sammitiga safari uning Kiyev, Moskva va Pekinga tashrif buyurgan tinchlikparvar missiyasiga kirmaydi. Biroq Bosh vazir idorasi rahbari Gergeli Guillasning ta’kidlashicha, Orbanning Amerika poytaxtiga tashrifidan Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun ham foydalanish mumkin.

“Bosh vazir NATO sammitiga ketmoqda, ammo bu uning tinchlik missiyasining bir qismi emas, chunki bunday missiya davomida u tinchlikka qiziquvchi odamlar bilan uchrashishi kerak”, deydi Guillas.

Biroq uning qo‘shimcha qilishicha, NATO sammitida qatnashishdan Orban o‘z oldiga qo‘ygan “tinchlik kabi ezgu maqsadga erishish” uchun ham foydalanishi mumkin.

Jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda so‘zga chiqqan Bosh vazir devoni rahbari Vengriya hukumati rahbari Vashingtonda kim bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi. AQSHga safari chog‘ida sobiq AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishni rejalashtiryaptimi, degan savolga Guillas: “Hamma narsaning o‘z vaqti bor”, deb javob qaytardi.

Uning aniqlik kiritishicha, Orban bugun, 8 iyul kuni Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazgach, Pekindan Vashingtonga uchadi. 

Ma’lumot uchun, 1949 yilda Shimoliy Atlantika shartnomasi imzolanganining 75 yilligi sharafiga 9-11 iyul kunlari Vashingtonda NATO sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Visbadenda Kiyevga yordam beradigan yangi tuzilma yaratish va Ukraina uchun siyosiy irodasi mavjud bo‘lganda ittifoqqa a’zo bo‘lish imkonini beradigan “NATOga ko‘prik” qurish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Orban 2 iyul kuni Kiyevda Vladimir Zelenskiy bilan Ukrainadagi mojaroni hal qilishni muhokama qilgandi. 5 iyul kuni Orban Moskvaga tashrif buyurib, u yerda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, Ukrainadagi mojaroni hal qilish va tinchlik muzokaralarini boshlashning mumkin bo‘lgan yo‘llarini muhokama qilgan. Bosh vazir Moskvadan Pekinga uchib, Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Ukraina Viktor Orban Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing