Oradan 5 oy o‘tib, Pokiston havo hududi parvozlar uchun ochildi

Olam

image

Bir necha oy davom etgan taqiqdan keyin Pokiston o‘zining havo hududini barcha fuqarolik reyslari uchun ochdi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.

Joriy yilning fevral oyida Hindiston va Pokiston o‘rtasida aloqalar yomonlashdi. Natijada Pokiston o‘z havo hududini barcha xalqaro va ichki reyslar uchun yopib qo‘ydi. Hindiston ham Amritsar shahri ustidan uchib o‘tuvchi samolyotlar uchun tranzitni taqiqladi.

Pokiston ustidan parvozlarning taqiqlanishi fuqarolik reyslariga Hindistonga uchishiga yo‘l qo‘ymayotgandi. Bu kutilmagan holat tashuvchilar uchun uchish vaqti va xarajatlarini sezilarli oshirib yubordi. Ko‘plar parvozlarni bekor qilishga majbur bo‘ldi.

Pokiston havo hududining yopilishi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK parvozlariga ham ta’sir o‘tkazgandi.

Ta’kidlash joizki, Hindiston va Pokiston munosabatlari joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida Jammu va Kashmir shtatida yuz bergan voqea ortidan yomonlashdi. Shtatda Politsiyaning markaziy zahira kuchlari (Hindiston kuch tuzilmalarining yirik harbiylashtirilgan bo‘linmasi) avtokolonnasiga hujum uyushtirilgan.

Terrorchi-hudkush bomba to‘ldirilgan avtomobilda harbiylarni olib ketayotgan avtobusga kelib urilgan. Hujum uchun javobgarlikni “Jaish-ye-Muhammad” guruhi o‘ziga olgan.

Hindiston Pokiston hukumati “Jaish-ye-Muhammad” guruhining yetakchilarini himoyasiga olganini iddao qilishi ortidan ikki o‘rtada bir necha qurolli to‘qnashuv ham yuz berdi.

Har ikki mamlakat Harbiy havo kuchlari o‘rtasida jang bo‘ldi.Shuningdek, Pokiston Hindiston harbiy havo kuchlarining samolyotini urib tushirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Pokiston

Baholaganlar

8

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing