“Opta” klublarning YeCHLda g‘olib bo‘lish imkoniyatini baholadi

Sport

image

Joriy mavsumda “Liverpul” klubining Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) g‘alaba qozonish ehtimoli yuqori. Bu haqda “Opta” statistik portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Liverpul” jamoasining g‘alaba qozonish uchun eng yuqori imkoniyatga ega – 24,6 foiz. “Arsenal” chempionlik uchun navbatdagi favorit bo‘lib, g‘alaba qozonish ehtimoli 16,6 foizni tashkil qilmoqda. Bu borada kuchli uchlikka “Inter” kiritildi, Milan shahri klubining musobaqada chempion bo‘lish ehtimoli 14,5 foizni tashkil qilmoqda.

Musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan “Real” klubining chempionlik imkoniyati 4,4 foiz ko‘rsatilgan bo‘lsa, 12 fevralga o‘tar kechasi Madrid klubi bilan to‘qnashadigan “Manchester Siti”ning g‘oliblik imkoniyati atigi 3,2 foizga baholangan. 

Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk o‘yinlari 11 va 12 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yinlari 18 va 19 fevral kunlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Evropa Chempionlar ligasi Liverpul'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing