OPEKning yangi Bosh kotibi Rossiya bilan qanday munosabatda bo‘lishini aytdi
Olam
−
01 avgust 2022 11440 1 daqiqa
Bugun, 1 avgustdan OPEK (Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) Bosh kotibi lavozimini egallaydigan Haysam al-G‘ays tashkilot Rossiya bilan raqobatlashmasligi va Moskvaning OPEK+ kelishuvlarida ishtirok etishi bu shartnomani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun muhim deb hisoblaydi.
Bu haqda u Quvaytning “Ar-Ray” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Al-G‘ays, shuningdek, Rossiya Federatsiyasini global energetika maydonidagi asosiy o‘yinchi deb atagan.
Uning qayd etishicha, neft narxining oshishi nafaqat Ukrainadagi vaziyat, balki zaxira ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘qligi bilan ham bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, OPEKning sobiq Bosh kotibi Muhammad Barkindo joriy yilning 5 iyul kuni Nigeriyada vafot etgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025