OPEK Bosh kotibi vafot etdi
Olam
−
06 iyul 2022
6285OPEK (Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) Bosh kotibi Muhammad Barkindo Nigeriyada vafot etdi. Bu haqda Nigeriya davlat milliy neft kompaniyasi boshqaruvchi direktori Mele Kyari xabar berdi.
“Barkindo kecha, 5 iyul kuni tunda 63 yoshida vafot etdi”, deb yozadi Kyari Twitter’dagi sahifasida.
Barkindo 2016 yil avgustidan beri OPEK Bosh kotibi, 2006 yilda esa alyans rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.
15 yil davomida Barkindo, shuningdek, OPEKning Nigeriya bo‘yicha iqtisodiy komissiyasining a’zosi edi.
Bundan tashqari, u Nigeriya davlat milliy neft kompaniyasida 23 yil ishlagan.
LiveBarchasi