Namanganda terrorchilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Namanganda terroristik tashkilotlarga aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxslarning faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kecha, 7 yanvar kuni Namangan viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari emissarlarining g‘oyaviy ta’siriga tushib, ularning safiga qo‘shilish maqsadida qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgan hududlarga chiqib ketishni rejalashtirgan Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi bir nechta fuqarolar qo‘lga olingan.

“Ularning yashash xonadonlari tekshirilganda aloqa vositalari hotirasida ekstremistik mazmundagi materiallar saqlanganligi va boshqalarga ham tarqatib kelayotganliklari ma’lum bo‘ldi”, deyiladi IIB xabarida.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan terrorchilik

Baholaganlar

252

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing