Onasi xorijda vafot etgan 9 yashar qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Onasi Rossiyada vafot etganidan so‘ng yolg‘iz qolib ketgan 9 yoshli o‘zbekistonlik qiz mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, xorazmlik ayol voyaga yetmagan farzandi bilan joriy yilning iyun oyida ishlash maqsadida Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga borgan. U qishloq xo‘jaligi sohasida noqonuniy ishlash jarayonidagi ehtiyotsizligi va baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan. 

Marhumaning jasadi uning qarindoshlari tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan, ammo hujjatlardagi muammo sabab farzandi Rossiyada qolib ketgan edi. 

Mazkur holat yuzasidan ayolning qarindoshlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilgan. Shundan so‘ng, agentlikning Krasnodardagi vakili hamda Xorazm viloyati filiali hamkorligida vafot etgan fuqaroning 9 yoshli farzandi G.B. tog‘asi X.B. hamrohligida Xorazm viloyati Gurlan tumaniga olib kelingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketib, Ukraina urushiga safarbar qilingan o‘zbekistonlik yigitning yarim jasadi Namanganga qaytarib olib kelingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xorazm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing