Onasi ayiq qafasiga uloqtirgan qizaloq intensiv terapiya xonasiga ko‘chirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida onasi tomonidan ayiq qafasiga uloqtirib yuborilgan 3 yoshli qizaloq intensiv terapiya xonasiga ko‘chirildi. Bu haqda hayvonot bog‘i ma’muriyati ma’lum qildi.

“Ayni damda qizaloq intensiv terapiya xonasida va uning holati turg‘un deb baholanmoqda. Dinamikada nazorat ko‘rigi o‘tkazildi. Qizaloq kelajakda ushbu hodisa asoratlaridan aziyat chekmasligi uchun biz bor imkoniyatlarni ishga solyapmiz”, degan davolovchi shifokor va tibbiyot fanlari nomzodi Sobir Nasimov.

Bog‘ ma’muriyatining ta’kidlashicha, qizaloq va uning akasiga Toshkent hayvonot bog‘iga bir umr bepul kirish imkoniyati berildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida yuz bergan mudhish holat muhokamalarga sabab bo‘ldi. Soat taxminan 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

2018 yilda tug‘ilgan  qizaloqqa dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatadi. Shundan so‘ng tez yordam mashinasida soat 13:30 larda  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Hozirda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing