Onamiz Ronalduga homilador bo‘lganda abort qilishni rejalashtirgan – futbolchining opasi

Sport

image

“Al-Nasr” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi futbolchiga homilador bo‘lganida abort qilishni rejalashtirgan. Bu haqda sportchining opasi Katya Aveyru ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ronaldu tug‘ilmasdan oldin uning oilasi bir muncha qashshoq va nochorlikda kun kechirgan. Futbolchining onasi ham homilani dunyoga keltirish uchun yetarli kuchga ega bo‘lmagan.

“Krishtianu tug‘ilishi kerak bo‘lmagan paytda tug‘ildi. Onamiz Doloreshda yetarli kuch yo‘q edi. Ovqatimiz oz va ancha nochor edik. Ba’zida hammani to‘ydirish imkonsiz edi”, deydi Katya.

Biroq o‘sha vaqtda futbolchining onasining fikrini nimadir o‘zgartirgan va Ronaldu dunyoga kelgan. 

“39 yil oldin onamiz hammaga qarshi chiqdi, u ukamning tug‘ilishini xohladi. Endilikda u adashmagani va to‘g‘ri qaror qabul qilgani o‘z tasdig‘ini topdi”, deydi Ronalduning opasi.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik hujumchi o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani haqida xabar berilgandi.

U 20 iyun kuni Yevro-2024 saralash o‘yinlarida Islandiyaga qarshi maydonga tushib, 200-o‘yinini o‘tkazgan birinchi futbolchiga aylandi. 38 yoshli futbolchi bunga qadar 200 ta o‘yinning atigi 15 tasida zaxiradan maydonga tushgan, 60 tasida esa almashtirilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing