Ona bolasiga zulm qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent IIBB unga izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ona o‘z farzandini urib, unga zulm qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan. Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida videoda aks etgan fuqarolarning shaxsi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, 35 yoshli Shahlo E. va 45 yoshli Zayniddin E. ajrashish yoqasidagi oila hisoblanadi. Shahlo E. muqaddam xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarga murojaat qilgan va unga himoya orderi berilgan. Shuningdek, er-xotin o‘zaro janjali jarayonida 9 yoshli voyaga yetmagan farzandidan foydalanayotgani aniqlangan.

“Video 2020 yili tasvirga olingan, bir nechta videotasvirlardan montaj qilingan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bola tahsil oladigan maktab o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida, so‘nggi vaqtlarda bola xulqidagi o‘zgarishlar ularni tashvishga solayotgani ma’lum qilingan”, deyiladi xabarda.

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, bolaning ota-onasi bilan suhbat o‘tkazilgan. Bolaning o‘zi bilan psixologlar ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

3126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing