Omskdagi yong‘inda jabrlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli ma’lum qilindi

Olam

image

Rossiyaning Omsk shahrida yong‘inda jarohat olgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining ahvoli barqaror, ularning hayotiga xavf yo‘q. Shuningdek, ular davolanishni mahalliy shifoxonalardan birida davom ettiradi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, hozirda fuqarolarning ahvoli xavotir uyg‘otmaydi va ularning hayotiga xavf yo‘q.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari davolanayotgan shifoxona rahbariyatiga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, ularning barcha migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy ko‘mak berilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni Omskdagi “Kvartali Dravert” mavzesida yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida I.Z. va O.E. ismli ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlangan.

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli Aslam Akbarov joriy yilning 16 avgust kuni Omskdagi 1-sonli tez tibbiy yordam shifoxonasiga tashrif buyurib, jabrlanganlarning holidan xabar olgandi. O‘sha vaqtda yong‘inda jarohatlangan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining ahvoli og‘irligicha qolayotganligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing