“Omicron”ning yangi mutatsiyasi aniqlandi

Olam

image

Shvetsiyaning Uppsala shahridagi Akademik laboratoriyada koronavirusning “omicron” shtammining mutatsiyaga uchragan yangi turi aniqlangan. Bu haqda kecha, 17 yanvar kuni mamlakatning “Uppsala Nya Tidning” nashri xabar bergan.

Mutatsiyaga uchragan virusning subvarianti 14 yanvar kuni Uppsala shahri bo‘ylab 3 kishida aniqlangan. 

Hozircha olimlar tomonidan aniqlangan yangi tur “BA.2” deya nomlanmoqda. Aniqlangan yangi tur haqida fanga juda ham kam narsa ma’lum.

“Yangi “BA.2 turi oldingi versiyalardan nimasi bilan farq qilishini aniqlash uchun biz ko‘proq izlanishlar olib borishimiz kerak”, deydi laboratoriya vakili Mats Martinel. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Uppsala bo‘ylab yangi turni yuqtirib olganlar 3 kishidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Yangi tur hali fanga yaxshi ma’lum bo‘lmagani holda ko‘pchilik uni oddiy shamollash sifatida qabul qilib e’tiborsiz bo‘layotgani tahmin qilinmoqda. 

Bundan oldin Daniya, Norvegiyada va Kalkuttada (Hindiston) ham huddi shunday alomatlar bilan bog‘liq holatlar aniqlangani ma’lum qilingan. 

Olimlarga ko‘ra, katta tezlik bilan tarqalayotgan yangi shtamm ustida chuqur izlanishlar olib borilganidan so‘ng, uning qanchalik xavfli ekanligi haqida aniq ma’lumot berish mumkin bo‘ladi.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Omicron

Baholaganlar

852

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing