Biznes-ombudsman 142 nafar mansabdorni javobgarlikka tortdi
Jamiyat
−
25 avgust 2022
6660Biznes-ombudsman tomonidan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning quyi tizimlarida o‘tkazilgan o‘rganishlarda 1044 ta holatda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqda ombudsman Matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 815 ta holatda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq qonunchilik talablari buzilgan. Hududlar kesimida:
• Jizzax viloyati – 660 ta;
• Sirdaryo viloyati – 28 ta;
• Andijon viloyati – 27 ta;
• Farg‘ona viloyati – 20 ta;
• Samarqand viloyati – 10 ta;
• Toshkent viloyati – 8 ta;
• Buxoro viloyati – 7 ta;
• Xorazm viloyati – 3 ta ;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 52 ta holatda qonun buzilishi holatlari qayd etilgan.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqishda 198 ta holatda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bundan tashqari, 31 ta holatda tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonunchilik talablari va belgilangan muddatlarga amal qilinmagan.
Qayd etilgan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 142 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Shu bilan birga, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida ularning oldini olish hamda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.
LiveBarchasi