Omborda ikki ishchi guruchga tiriklayin ko‘milib, halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonning Tamilnadu shtatidagi Sivaganga shahrida ikki tegirmon ishchisi katta miqdordagi guruch ostida ko‘milib qoldi. Bu haqda “United News of India” xabar berdi.

Guruch don omborida ishlayotgan 45 yoshli Mutxukumar va 30 yoshli Kundan Kumarning ustiga tushgan. Oqibatda ishchilar guruch ostida tiriklayin ko‘milib qolgan. Ular ushbu uyum ostidan chiqa olmagan va voqea joyida vafot etgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar jasadlarni olib chiqib, davlat shifoxonasiga jo‘natgan. Politsiya tegirmon egasi Gurusekar va uning o‘g‘li Kannanni hibsga olgan.

Bunday holatlar hind ishchilari bilan kuzatilib turadi. Avvalroq Hindistonning aynan shu – Tamilnadu shtati Madurai shahrida vayronalar ostidan qutqaruv operatsiyasi chog‘ida hamkasblari tasodifan tiriklayin ko‘milib qolgan ishchining boshini kesib olgani xabar qilingan. Ishchilar vahimaga tushib, ekskavator yordamida jabrlanuvchini qazib olishga harakat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Guruch don ombori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing