Oltoy tog‘ida 7 nafar turist halokatiga nima sabab bo‘lgandi?
Olam
−
08 may 2019
4768Favqulodda vaziyatlar xodimlarining xabariga ko‘ra guruh 9 kishidan iborat bo‘lgan, omon qolgan 2 nafar Qosh-Og‘ochda bo‘lib turibdi.
To‘qqiz kishidan iborat sayyohlar guruhi 6 may kuni Oltoy respublikasi, janubiy Chuy tizmasida yuz bergan ko‘chki ostida qolib ketgan. Natijada ularning 7 nafari halok bo‘lgan, 2 nafari omon qolgan, – deya xabar beradi TASS respublika FVVga tayanib.
Ko‘chki sodir bo‘lgan hududda FVV xodimlari vertolyotda qutqaruv qidiruv ishlarini olib borgan.
Ma’lum bo‘lishicha, turistlar bu yerga Novosibirskdan kelishgan. Ular tog‘ dam olish zonasida faoliyat olib borish uchun hudud favqulodda vaziyatlar bo‘limida ro‘yxatdan o‘tgan.
Manbaning xabar berishicha, halok bo‘lganlar orasida guruh boshlig‘i, Novosibirsk davlat universiteti o‘qituvchisi Nikolay Simonov ham bo‘lgan.
LiveBarchasi