Oltinko‘lda soxta prokuratura xodimi ushlandi
3-sahifa
−
02 may 2842 2 daqiqa
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida soxta prokuratura xodimi aldov yo‘li bilan maktab direktoridan 10 ming AQSH dollari miqdorida pora olyotganda jinoyat joyida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Bayonotda keltirilishicha, Oltinko‘l tumani MMTBga qarashli 2-son kasb xunar maktabi direktori X.E. prokuratura departamentining Oltinko‘l tumani bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘zining murojaatida Oltinko‘l tumanida yashovchi O. ismli shaxs o‘zini Andijon viloyati prokuraturasida ishlashini bildirgan A. ismli tanishi orqali ariza muallifi rahbarlik qilib kelyotgan kasb xunar maktabida haydovchilik guvoxnomasiga o‘qitish markazi ochish uchun guvoxnoma olib berishini bildirib, buning evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan va pulning bir qismi – 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shundan so‘ng, gumonlanuvchi O.M. ning arizasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro A.Yu. gumonlanuvchi O.M. dan 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-(firibgarlik) va 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘rganishlar davomida qo‘lga olingan fuqaro A.Yu. davlat idoralarida, shuningdek, prokuratura organlarida ishlamasligini, aldov yo‘li bilan olingan pullarni o‘z ehtiyoji uchun sarflamoqchi bo‘lganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda soxta MIB xodimi qo‘lga tushgani haqida ham xabar berilgan edi.
Oybek Rustamov
Live
Barchasi