Oltinchi tezyurar “Afrosiyob” poyezdi Toshkentga yetib keldi
Jamiyat
−
01 oktabr 2021 6880 1 daqiqa
Joriy yilning 25 sentyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqqan “Afrosiyob” (Talgo-250 seriyali) tezyurar poyezdi bugun, 1 oktyabr kuni Toshkentga yetib keldi. Bu haqda “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlash joizki, bu O‘zbekistonga keltirilgan Talgo-250 seriyali tezyurar elektropoyezdi bo‘lib, investitsiya loyihasi doirasida sotib olingan.
Investitsiya loyihasiga ko‘ra, ikkita poyezddan tashqari, ispan kompaniyasi to‘rtta zaxira ekonom-klassli vagonlar, shuningdek, poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun uskunalar yetkazib beradi. Shartnoma Ispaniya kompaniyalarini korporativ xalqarolashtirish jamg‘armasi krediti hisobidan moliyalashtiriladi.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ dastlabki Talgo-250 seriyali ikkita tezyurar elektropoyezdlarini 2019 yilda sotib olgandi. Aksiyadorlik jamiyati Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi bilan ikkita tezyurar elektropoyezdni sotib olish uchun shartnoma imzolaga
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust