Oltinchi oltin nasib qiladimi? “Stranja-2022”da bugun so‘nggi o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi

Sport

image

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha “Stranja-2022” musobaqasi yakunlanish arafasida turibdi. Bugun, 27 fevral kuni +92 kg vazn toifasida o‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Lazizbek Mullajonov  turnir finalida germaniyalik Nelvi Tiafakka qarshi ringga ko‘tariladi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 22:30 dan so‘ng boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi final janglarida ringga ko‘tarilgan 5 nafar o‘zbekistonlik bokschining barchasi g‘alaba qozonib, oltin medallarga ega chiqdi. 

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Damir Abdikadir (Qozog‘iston) 5:0;
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Xaver Dias (Bolgariya) 4:1;
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Yaroslav Xarsiz (Ukraina) 5:0;
-80 kg: Odiljon Aslonov - Kristian Nikolov (Bolgariya) 4:1;
-92 kg: Madiyor Saidrahimov - Radoslav Pantaleyev (Bolgariya) 4:1.

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing