“Oltin to‘p” uchun kurash avjida. Mbappe Messini ortda qoldirdi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va Parijning PSJ klubi futbolchisi Kilian Mbappe 2023 yilgi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga birinchi raqamli da’vogar bo‘lib turibdi. Bu haqda “Goal” nashri yozmoqda.

Mbappening klubdagi jamoadoshi Lionel Messi esa ikkinchi raqamli da’vogar sifatida ko‘rsatilgan. Kuchli uchlikka braziliyalik Neymar Junior yakun yasab bergan.

“Goal” talqiniga ko‘ra, “Oltin to‘p”ga da’vogar 10 nafar futbolchi bilan tanishing:

1. Kilian Mbappe (PSJ);

2. Lionel Messi (PSJ);

3. Neymar (PSJ);

4. Erling Holand (“Manchester Siti”);

5. Robert Levandovski (“Barselona”);

6. Vinisius Junior (“Real Madrid”);

7. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”);

8. Muhammad Saloh (“Liverpul”);

9. Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”);

10. Jamol Musiala (“Bavariya”).

“Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi Karim Benzema ushbu ro‘yxatda 20 o‘rinda qayd etilgan. Krishtianu Ronaldu esa umuman nomzodlar qatoriga kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Kilian Mbappe

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing