“Oltin to‘p” uchun da’vogar eng kuchli 30 futbolchi e’lon qilindi
Sport
−
07 avgust 17403 2 daqiqa
“France Football” tomonidan 2025 yil 22 sentyabrda yilning zo‘r futbolchisi uchun topshiriladigan “Oltin to‘p” mukofotining 30 nafar nomzodi e’lon qilindi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Top-30 reytingga eng ko‘p PSJ futbolchilari kirdi (9) va bu natija bilan jamoa 2018 yilda “Real Madrid” tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi. Shuningdek, klub ushbu rekord bilan Fransiya tarixiga ham kirdi. Ya’ni, “parijliklar” mamlakati uchun ilk bor eng ko‘p vakilga ega bo‘lgan liga nomini olib berdi.
Ro‘yxatda shuningdek, “Barselona”dan 4 ta, “Real Madrid” va “Liverpul”dan 3 nafardan futbolchi joy oldi.
Eng qizig‘i, ro‘yxatda ilgari ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan biron futbolchi yo‘q, shuning uchun 2024 yildagi kabi bu safar ham debyutant g‘olib aniqlanadi.
Quyida to‘liq tarkib bilan tanishish mumkin:
- Jud Bellingem “Real Madrid” (Ispaniya)
- Usmon Dembele PSJ (Fransiya)
- Janluiji Donnarumma PSJ (Fransiya)
- Dezire Due PSJ (Fransiya)
- Denzel Dyumfris “Inter” (Italiya)
- Seru Girassi “Borussiya Dortmund” (Germaniya)
- Viktor Gyokeresh “Sporting” / “Arsenal” (Portugaliya / Angliya)
- Erling Holand “Manchester Siti” (Angliya)
- Ashraf Hakimi PSJ (Fransiya)
- Harri Keyn “Bavariya” (Germaniya)
- Xvicha Kvaratsxeliya “Napoli” / PSJ (Italiya / Fransiya)
- Robert Levandovski “Barselona” (Ispaniya)
- Aleksis Mak Allister “Liverpul” (Angliya)
- Lautaro Martines “Inter” (Italiya)
- Kilian Mbappe “Real Madrid” (Ispaniya)
- Skott Maktominey “Napoli” (Italiya)
- Nunu Mendesh PSJ (Fransiya)
- Joau Nevesh PSJ (Fransiya)
- Maykl Olise “Bavariya” (Germaniya)
- Koul Palmer “Chelsi” (Angliya)
- Pedri “Barselona” (Ispaniya)
- Rafinya “Barselona” (Ispaniya)
- Deklan Rays “Arsenal” (Angliya)
- Fabian Ruis PSJ (Fransiya)
- Muhammad Salah “Liverpul” (Angliya)
- Virjil van Deyk “Liverpul” (Angliya)
- Vinisius Junior “Real Madrid” (Ispaniya)
- Vitinya PSJ (Fransiya)
- Florian Virts “Bayer Leverkuzen” / “Liverpul” (Germaniya / Angliya)
- Lamin Yamal “Barselona” (Ispaniya)
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” mukofotini taqdirlash marosimi joriy yilning 22 sentyabr kuni Parij shahridagi “Shatle” teatrida bo‘lib o‘tadi. G‘olib ovoz berish jarayoni orqali aniqlanadi. Jarayonda FIFA reytingidagi eng kuchli 100 ta davlatdan 1 tadan jurnalist qatnashadi.