“Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar reytingi yangilandi 

Sport

image

Yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan “Oltin to‘p” mukofotiga asosiy da’vogarlar reytingi yangilandi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Nashr talqiniga ko‘ra, yangilangan ro‘yxatda birinchi o‘rinni Germaniyaning “Bavariya” klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn egallab turibdi. Ingliz futbolchisi jamoasi UEFA Chempionlar ligasidan chiqib ketganiga qaramay, yuqori gol urish ko‘rsatkichi sabab yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Harri Keynning asosiy raqobatchilari sifatida PSJ futbolchisi Usmon Dembele hamda “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamal ko‘rsatilgan. Shuningdek, “Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Rays va “Bavariya” futbolchisi Maykl Olise ham kuchli beshlikdan joy olgan.

Nashrga ko‘ra, Chempionlar ligasi finali, 2026 yilgi Jahon chempionati natijalari mukofot uchun kurashga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

“Goal” talqiniga ko‘ra 2026 yilgi “Oltin to‘p” mukofotiga asosiy da’vogarlar top-10 taligi:

  • Harri Keyn (“Bavariya”);
  • Lamin Yamal (“Barselona”);
  • Usmon Dembele (PSJ);
  • Deklan Rays (“Arsenal”);
  • Maykl Olise (“Bavariya”);
  • Kilian Mbappe (“Real Madrid”);
  • Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ);
  • Erling Holand (“Manchester Siti”);
  • Vitinya (PSJ);
  • Luis Dias (“Bavariya”).

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi “Oltin to‘p” mukofoti PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembelega berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Harri Keyn “Oltin to'p” Lamin Yamal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing