“Oltin to‘p”ni yutishga nomzodlar e’lon qilindi

Sport

image

Argentina terma jamoasi va Fransiyaning PSJ klubi futbolchisi Lionel Messi “Oltin to‘p” uchun birinchi raqamli nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda Angliyaning “Goal” nashri xabar berdi.

Ikkinchi o‘rinda esa Messining jamoadoshi Kilian Mbappe qayd etilgan. Kuchli uchlikdan Qatarda o‘tayotgan Jahon chempionatida qatnashmayotgan bo‘lsa-da, Erling Xoland o‘rin oldi.

Jahon chempionatida Fransiyaning haqiqiy “motoriga” aylangan Antuan Grizman esa kuchli o‘nlikka kirib oldi.

“Goal” talqiniga ko‘ra, “Oltin to‘p”ga da’vogar 10 nafar futbolchi bilan tanishing: 

1. Lionel Messi (PSJ);

2. Kilian Mbappe (PSJ);

3. Erling Holand (“Manchester Siti”);

4. Neymar Junior (PSJ);

5. Robert Levandovski (“Barselona”);

6. Vinisius Junior (“Real Madrid”);

7. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”);

8. Muhammad Saloh (“Liverpul”);

9. Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”);

10. Antuan Grizman (“Atletiko”).

Ma’lumot uchun, bugun, 13 dekabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining yarim final bahslariga start beriladi. Messi boshchiligidagi Argentina Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Kilian Mbappe

Baholaganlar

850

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing