“Oltin to‘p” marosimi tarixda ilk bor Londonda o‘tkaziladi

Sport

image
2026 yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimining sanasi va o‘tkazilish joyi rasman tasdiqlandi. Unga ko‘ra, marosim tarixda ilk bor Londonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UEFA xabar berdi.

“France Football” nashri joriy yilning 26 oktyabr kuni dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotning 70 yillik yubiley marosimini o‘tkazadi.

Tadbir ilk bor 1956 yilda birinchi “Oltin to‘p” sohibiga aylangan Stenli Mettyuz xotirasi uchun Londonda tashkil etiladi. Shu vaqtgacha marosim doimiy ravishda Parijda o‘tkazilib kelingan edi.

Ma’lumot uchun, 2025 yilgi erkaklar o‘rtasidagi bosh sovrinni PSJ qanot hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasidagi mukofot “Barselona” yarim himoyachisi Aytana Bonmatiga nasib qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Goal” nashri talqiniga ko‘ra Harri Keyn bu yilgi “Oltin to‘p”ni yutish uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgandi.

Maqola muallifi

Teglar

Parij London “Oltin to'p”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing