Oltin sotuvchi va sotib oluvchi asosiy mamlakatlar e’lon qilindi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor

Olam

image

2019 yilning I choragida dunyo mamlakatlarining Markaziy banklari 145,5 tonna oltin sotib oldi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning analogik vaqtiga nisbatan 68 foizga ko‘p. Bu haqda World Gold Council (WGC, Butun dunyo oltin kengashi) hisobotida aytib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, Rossiya I chorakda oltin sotib olish bo‘yicha yetakchilik qilgan. 2019 yilning I choragida Rossiya banki 55, 3 tonna oltin sotib olib, zahiralarini 2168,3 tonnaga yetkazgan. Tashkilotning qayd etilishicha, Rossiya AQSH yangi sanksiyalar joriy qilgan taqdirda dollarga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirish uchun oltin xaridiga e’tibor qaratyapti.

Hisobotda qayd etilishicha, I chorakda Ekvador, Turkiya, Qozog‘iston, Qatar va Kolumbiya banklari oltin sotib olgan. Asosiy oltin sotuvchilar O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston va Tojikiston Markaziy banklari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing