Oltin narxi rekord darajada oshib ketdi
Olam
−
07 yanvar 2020
13822Oltin narxi 2,3 foizga oshdi va 2013 yil apreldagi rekorddan oshib ketdi. Hozirda uning bir unsiyasi (31,1 gramm) 1588,13 dollarga yetdi. Narx ko‘tarilishiga Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashishi sabab bo‘lyapti. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Boshqa qimmatbaho metallar narxida ham ko‘tarilish yuz berdi. Palladiyning bir unsiyasi bahosi rekord - 2030,28 dollarga yetdi.
Kumush narxi ham maksimumni qayd etdi va bir unsiyasi 18,5081 dollarga yetdi.
Mavjud vaziyatda Goldman Sachs tahlilchilari oltin narxi neft narxiga nisbatan tezroq oshishini kutishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvariga o‘tar kechasi Bag‘dod xalqaro aeroportida AQSH havo zarbasi oqibatida Eron generali Qosim Sulaymoniy halok bo‘lgach, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi.
LiveBarchasi