Oltin narxi rekord darajada qimmatladi

Olam

image

Bugun, 12 yanvar kuni COMEX birjasida oltinning bir troyskiy unsiyasi (taxminan 31 gramm) birinchi marta 4600 dollardan oshdi va maksimal qiymati 4612 dollarni tashkil qildi.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, oltin narxi +1,5 foiz, kumush +5,87 foiz, platina +4,12 foiz, UGLD +2,81 foiz, Polyus +1,13 foiz ko‘rsatkich bilan o‘sgan. Bu o‘sishga AQSHda Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauellga nisbatan jinoyat ishining ochilishi, Eron bo‘yicha namoyishlar va geosiyosiy beqarorliklar, shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron va Grenlandiya bo‘yicha bayonotlari ta’sir qilgan.

Rossiya moliya vazirligi prognoziga ko‘ra, oltin narxi kelajakda ham o‘zgaruvchan bo‘lsa-da, uzoq muddatda yangi rekord darajalarga – 5000 dollar va undan yuqoriga yetishi mumkin. 2025 yilda oltin narxi 64,4 foiz, kumush esa 141,4 foizga oshgan. Ushbu o‘sishga foiz stavkalarining pasayishi, geosiyosiy taranglikning kuchayishi va AQSH dollariga ishonchning kamayishi ta’sir qilgan. Kumush narxi bozoridagi defitsit ham uning qiymatini oshirishga yordam bergan.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank ham bugun, 12 yanvar kuni oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9 mln 10 ming so‘mni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati 66,31 mlrd dollarga yetgani haqida xabar berilgandi. Zaxiralar o‘tgan oyga nisbatan 5,08 mlrd dollarga (8,3 foiz) oshgan. Shu bilan birga 2025 yil boshidan esa 61 foizga o‘sgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oltin untsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing