O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajda oshdi

Jamiyat

image

2026 yilning 1 yanvar holatida O‘zbekiston Markaziy banki zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati 66,31 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvar holatida regulyator zaxiralaridagi aktivlarning jami qiymati 66,31 mlrd dollarni tashkil etgan – bu Markaziy bank ma’lumotlarni e’lon qilishni boshlaganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Zaxiralar o‘tgan oyga nisbatan 5,08 mlrd dollarga (8,3 foiz) oshgan. Shu bilan birga 2025 yil boshidan esa 61 foizga o‘sgan.

Bundan tashqari, Markaziy bank zaxiralaridagi oltin qiymati ham o‘z rekordini yangilagan. Uning narxi bir oyda 4,23 mlrd dollardan ortiqqa oshib, 55,09 mlrd dollarni tashkil etgan. Oltinning fizik hajmi ham bir oyda 0,4 mln unsiya – 12,2 mlndan 12,6 mln troy unsiyaga o‘sgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarining 44,2 milliard dollarlik qismi oltin hissasiga to‘g‘ri kelishi (avgustda bu 40 milliard dollar edi), qolgan qismi esa xorijiy valyuta va qimmatli qog‘ozlarda saqlanishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin oltin-valyuta zaxiralari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing