Olti nafar sudya vakolat muddati davriga qayta tayinlandi 

Jamiyat

image

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan olti nafar sudya vakolat muddati davriga qayta tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Kengash qarori bilan:

Umidjon Mahmudovich Soliyev  – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.

Zarifjon Ahmadovich Rahimov – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.

Ulug‘bek Qodirovich Sheraliyev – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.

Shavkat Sharifovich Ziyodullayev – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilingan.

Umidjon Abdumajitovich Holiqov – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati Bo‘ston tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.

Shuhratjon Komilovich Ahmedov – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing