“Olov girdobidagi o‘lka”: Afg‘onistondagi qurolli hujumda 8 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida sakkiz nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda jurnalistlarga viloyat gubernatori Ziaulxak Amarchil so‘zlab berdi.

Unga ko‘ra, noma’lum shaxslar viloyat tumanlaridan biridagi turar-joy binosiga hujum qilib, 8 nafar tinch aholini o‘ldirgan va voqea joyidan qochib ketgan. Hozircha voqea uchun hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Avvalroq, 14 aprel kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistondagi ko‘mak missiyasi yilning birinchi choragida mamlakatda 573 nafar tinch aholi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Hisobotda tinch aholi orasidagi qurbonlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29 foizga oshgani aytiladi. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish maqsadida 24 apreldan 4 maygacha Istanbulda tinchlik konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” harakatining Afg‘onistondagi politsiya bo‘limiga hujum qilishi oqibatida 3 nafar politsiyachi halok bo‘lgandi.

Shuni ta’kidlash joizki, Afg‘onistonda o‘ldirilgan tinch aholining 43,5 foizi “Tolibon” hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumot uchun, 2003 yilda BMT Xavfsizlik Kengashi “Tolibon” harakatini terrorchilik tashkiloti, deb tan olgan. Ushbu harakat Afg‘onistonning taxminan 50 foizdan oshig‘ini nazorat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing