Olomon ustiga bostirib borgan mashina 16 kishini jabrladi (video)
Olam
−
03 noyabr 2022
10576Braziliyada avtomobil katta tezlikda mitingga kelgan mamlakatning sobiq Prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlarini urib ketdi. Oqibatda 16 kishi jabrlandi. Bu haqda “Mir 24” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, avtomobil urishi oqibatida kamida namoyishga chiqqan 16 kishi jarohatlangan. Hozirda jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, ikki nafarining ahvoli og‘ir.
Namoyishga chiqqan odamlar yaqinda mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridagi natijalarga norozilik bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lda namoyishchilar ustiga mashina bostirib kelgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan politsiya tergov olib bormoqda.
Qayd etish kerakki, Bolsonaru tarafdorlarining ko‘plab norozilik aksiyalari turli shaharlarda bo‘lib o‘tmoqda. Sobiq Prezidentning o‘zi ham tarafdorlarini avtomobil yo‘llarini to‘sib qo‘yish va namoyishlarni boshqa joylarga ham ko‘chirishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Braziliya prezidentligiga saylovning ikkinchi bosqichida mamlakatning sobiq prezidenti, chap qanot Ishchilar partiyasi vakili Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi. U 50,87% ovoz to‘pladi. Uning raqibi, amaldagi davlat rahbari, o‘ng qanotdvan Jair Bolsonaru 49,13 foiz saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
LiveBarchasi