Olmota-Toshkent yo‘nalishidagi avtobus 41 yo‘lovchi bilan cho‘lda qolib ketdi

Olam

image

Kecha, 9 dekabr kuni tunda Olmota-Toshkent avtomagistralida yo‘lovchi avtobusi nosozlik tufayli 41 nafar yo‘lovchi  bilan cho‘lda qolib ketdi. Bu haqda “Liter.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa Qozog‘istonning Jambil viloyati Jualin tumanida sodir bo‘lgan. Avtobusda 41 nafar yo‘lovchi, jumladan, ikki nafar bola bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari jabrlanganlarga yordamga yetib borgan. Yo‘lovchilar tezda Shakpak ota qishlog‘idagi isitish punktiga evakuatsiya qilingan.

“Qutqaruvchilarning professionalligi tufayli yo‘lovchilarning birortasi jarohatlanmadi va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmadi”, deyiladi xabarda.

Aniqlanishicha, evakuatsiya qilinganlarning aksariyati Rossiya fuqarolari bo‘lgan. Qisqa muddatli dam olishdan so‘ng yo‘lovchilar zaxira avtobusida yo‘lda davom etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus 150 metrli chuqurlikka tushib ketgan edi. Oqibatda avtobusdagi to‘rt kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus Olmota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing