Olmazordagi “stolba”da portlash bo‘ldi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2022 8321 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Olmazor tumani Qora qamish dahasida “stolba” portlab ketganligi haqida video tarqaldi. Tuman hokimligi simyog‘ochdagi portlash haqida rasmiy ma’lumot berdi.
Hokimlikka ko‘ra, Olmazor tumanidagi Qora qamish dahasida joylashgan “A’lo” to‘yxonasining qarama-qarshisidagi podstansiyada 110 kVt yuqori kuchlanishli havo liniyasi 27-tayanch ustunida noma’lum sabablarga ko‘ra qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.
Qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan yong‘in o‘z vaqtida o‘chirilib, muammo bartaraf etilgan. Hozirgi holatda 27-tayanch ustunida doimiy kuchlanish mavjud.