Bektemirda ayol o‘zini simyog‘ochdan tashlamoqchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 may kuni taxminan soat 12:00 da Bektemir tumani IIO FMBning navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, noma’lum ayol yuqori voltli elektr uzatuvchi tarmoq ustuniga chiqib, o‘z hayotiga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Voqea joyiga shu zahoti ichki ishlar organlari xodimlari yetib kelishgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ayolning hayoti asrab qolingan. Uni yerga tushirib, tibbiyot xodimlari nazorati ostida qilgan ishining sababi haqida savollar berildi. 

Aniqlanishicha, ayol eri bilan urushib qolgani sababli bu ishni qilganini ma’lum qildi. Er-xotinlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

simyog'och

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing